O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘raqo‘rg‘on tumanida “Damas” rusumli avtomashina yonib ketganligi aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot

Bugun, yaʼni 11 yanvar kuni soat 07:50 da, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kumidon MFY da joylashgan “Afsona-4” nomli avtomobillarga metan gaz yoqilg‘i quyish shahobchasida navbatda turgan fuqaro Barkamol A., ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovning avtosalonida elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida, avtoulovning avtosalonida bo‘lgan fuqaro Barkamol A., ga tegishli haydovchilik guvoxnomasi va boshqa hujjatlarga shikast yetkanligi aniqlangan.

Jarohat olgan va vafot etganlar yo‘q.

Shuningdek, ushbu “Damas” rusumli avtoulovning atrofida navbatda turgan boshqa avtomashinalarga shikast yetmagan.

Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joyga To‘raqo‘ron tumani IIO FMB tergov-tezkor guruhi chiqqan bo‘lib, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech