O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlari uchun navbatdagi o‘quv kurslari tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi hamda «X.Sulaymonova» nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda tergovchi va surishtiruvchilarning bilim, malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminari davomida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.E.Tursunov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmasi boshlig‘i M.X.Xatamovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 16 iyundagi «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘RQ-848-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 21 noyabrdagi 774-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning mazmun-mohiyati batafsil yoritib berildi hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli holatlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, «X.Sulaymonova» nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i va masʼul xodimlari tomonidan yangi joriy etilgan sud lingvistika va filologiya ekspertizasi hamda sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasini tayinlash asoslari haqida tushunchalar berildi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, tergovchi va surishtiruvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Oʼzbekiston Respubikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: