Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.M.Utemuratov tomonidan Ellikqalʼa, Amudaryo tumanlari va Nukus shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy qilning 10-11 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.M.Utemuratov Ellikqalʼa tumanida, shu hududga yaqin bo‘lgan To‘rtko‘l, Beruniy hamda Ellikqalʼa tumanlarida yashovchi fuqarolar, Amudaryo tumanida shu tumanda yashovchi fuqarolar, hamda Nukus shahrida Nukus shahri, Nukus, Qorao‘zak va Qonliko‘l tumanlarida yashovchi fuqarolari (protsess ishtirokchilari) uchun sayyor qabul o‘tkazilib, ularning muammolari tinglanib, tergov va tergovga qadar tekshiruv yuzasidan fikr hamda eʼtirozlari tinglanib chora-tadbirlar begilanib olindi.
Sayyor qabul jarayonida To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlarida yashovchi 9 ta, Amudaryo, Nukus, Qonliko‘l, Qorao‘zak tumanlari va Nukus shahridan 14 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi tergovga qadar tekshiruvdan, 1 tasi tergov o‘tkazilayotgan jinoyat ishining tergovidan norozilik, 1 tasi tergov xodimidan norozilik, 1 tasi ishni tugatish va 8 ta boshqa masalasi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ular sinchkovlik bilan muhoka qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv hujjatlari tergov bo‘linmasidan Tergov boshqarmasiga o‘tkazildi, 8 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, 5 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti