O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasini oshirish va namunali xodimlarni taqdirlash yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.   

2021 yil 30 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi tomonidan 12.11.2020 yilda tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha YO‘L XARITASI”ning tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, videokonferensiya aloqasi orqali, Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini yanada oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti hamda joriy yilda o‘tkazilgan “namunali surishtiruvchi” va “namunali tergovchi” tanlovlarining g‘oliblarini taqdirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining tergovchi hamda surishtiruvchilari o‘rtalarida o‘tkazilgan “namunali surishtiruvchi” va “namunali tergovchi” tanlovlarining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida tajribali soha vakillari ishtirokida Tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini yana-da oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mashg‘ulot qizg‘in muhokama va mulohazalarga boy bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech