Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Ekspert-kriminalistika markazining 2024 yil davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan 2024 yil davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida, 2024 yil davomida o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti