Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida navbatdagi o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
2021 yil 03 iyul kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida videokonferensaloqa tizimi orqali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari A.A.Adilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor A.R.Abdikadirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i adliya maslahatchisi A.A.Joxmatovlar boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi tomonidan 12.11.2020 yilda tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yana-da takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha "YO‘L XARITASI”ning tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash maqsadida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Respublika sudining sudyalari va tuman-shahar sudining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tergovchilari va bo‘lim prokurorlari hamda IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida qonunlarga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tergovchi hamda surishtiruvchilarining sudlarda amaliyot o‘tash tartibi va natijalari, xodimlarning tajriba, ko‘nikmalarini oshirish hamda amaliyot jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli holatlar muhokama etildi.
O‘quv mashg‘ulotida tergov xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mashg‘ulot qizg‘in muhokama va mulohazalarga boy bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti