O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi hamkorligida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

2023 yilning 30 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvilar ishtirokida navbatdagi videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda Jinoyat-protsessual kodeksining 364-moddasi 1-qismi 1-bandi yaʼni ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmaganli asosi bilan dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimida mazkur asos bilan to‘xtatilgan jinoyat ishlari ahvoli, ushbu yo‘nalishda yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech