Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va prokuraturasi hamkorligida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
2023 yilning 17 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvilar ishtirokida navbatdagi videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovda jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri malakalash va ularga ayb eʼlon qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksi norma va talablariga amal qilish, ushbu yo‘nalishda yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.