O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi hamkorligida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

2023 yilning 20 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Eksper-kriminalistika markazi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvilar hamda ekspertlar ishtirokida navbatdagi videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ahvoli, ushbu yo‘nalishda yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech