Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlarining moddiy texnik bazasi yaxshilandi
2020 yil 29 dekabr kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi majlislar zalida, vazir o‘rinbosari podpolkovnik M.T. Raxmatullayev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida videokonferens aloqa vositasi orqali o‘tkazilgan tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan ajratilgan zarur texnika vositalari Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida, vazir o‘rinbosari M.T. Raxmatullayev tomonidan Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarini shaxsiy tarkibining barchasiga oxirgi rusumdagi texnik vositalar topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalariga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig‘i topshirildi.
Bundan tashqari, tegishli mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tashabbusi bilan yaratilgan “ye-tergov” bazasining asosiy vazifasi, uni ishlash tartibi borasida o‘quv seminar tashkil qilindi.
Tadbir so‘ngida, xizmat faoliyatda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, bu kabi kamchiliklar kelgusida takrorlanmasligi uchun zarur vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti