O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarshi shahar fuqarolarining tergov bilan bog‘liq muammomalari o‘rganildi

2020 yil 25 dekabr kuni Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik A.O.Ergashov va viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.A.Xalilovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarshi shahri halq qabulxonasi binosida Qarshi shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 11 nafar fuqarolar qabul qilindi. Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi, 4 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va 2 tasi Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech