Namangan viloyati Pop tumanda sayyor qabul o‘tkazilgan
2020 yil 24 dekabr kuni Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik E.Ya.Ubaydullayev, Tergov boshqarmasi tergovchisi katta leytenant A.X.Nurillayev va Tergov bo‘limi boshlig‘i mayor A.S.Nodirovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pop tuman halq qabulxonasida Pop tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (biometrik pasport berish, propiskaga qo‘yish va propiskadan chiqarish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 10 nafar fuqarolar qabul qilindi.
Ular tomonidan:-
-4 nafari Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha qonuniy yengillik berish masalasida,
-1 nafari tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qoplanganligini inobatga olinib, jinoyat ishini tugatishda yordam berish masalasida,
-1 nafari Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha, tan jarohati olgan fuqaro uni uyatli szlar bilan haqorat qilganligi uchun uni urib tan jarohati yetkazganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish masalasida,
-4 nafari Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari olib borilib qonuniy tartibda ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlariga minnatdorchilik masalasida,
Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi va 1 ta murojaat boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti