Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan kasb-mahoratini oshirishga oid o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan kasb-mahoratini oshirishga oid o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
2022 yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kelib chiqqan holda tashkil etilgan seminar mashg‘ulotida "Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari" va "Xavf ostida qoldirish jinoyatlarini tergov qilishni o‘ziga xos xususiyatlari" mavzulariga oid o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi va yuzasidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar tinglandi.
Seminar mashg‘ulotida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti