Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida sud-tovarshunoslik ekspertizasi va sud qurilish-texnikaviy ekspertizasini tayinlash asoslari haqida tushunchalar berildi, shuningdek, mazkur ekspertizalar bilan bog‘liq amaliyotdagi muammoli holatlar muhokama qilindi.
Seminar so‘ngida, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i A.K.Toreniyazova hamkorlikdagi samarali faoliyati uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tergov departamenti