O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasida korrupsiya holatlarini oldini olish hamda nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda «Nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazilib, yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan yo‘l quyilayotgan korrupsion holatlar tahlil etilib, bu kabi salbiy illatlar tizim faoliyatiga salbiy taʼsir etishi haqida aytib o‘tildi.

Tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o‘rniga ayrim xodimlar tomonidan tizim shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to‘xtalib, kelgusida shaxsiy tarkib o‘rtasida tamagirlik holatlarining oldini olish, kasbiy madaniyat va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech