O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasida o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda «O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazilib, yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech