O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani aholisi bilan onlayn qabul o‘tkazildi

2021 yil 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari tomonidan 26.03.2021 yilda tasdiqlangan “Xalq qabulxonalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, respublika prokuraturasi va ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn qabullar o‘tkazish” jadvaliga asosan, Taxtako‘pir tumani Xalq qabulxonasi binosidan qatnashayotgan Taxtako‘pir tumani aholisi bilan onlayn qabul o‘tkazildi.

Unda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, fuqaro J.Pirlepesovaning “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilishda amaliy yordam berish” kabi masalalar ko‘rib chiqilib, ushbu murojaatchiga 13.03.2020 yilgi 610-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan amaliy yordam berish yuzasidan chora-tadbir belgilandi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan murojaatlar bo‘yicha arizalar qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech