Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbariyati ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarni onlayn qabul qilish tadbiri o‘tkazildi
2021 yil 12 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan 20.01.2021 yilda tasdiqlangan “Xalq qabulxonalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, respublika prokuraturasi va ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn qabullar o‘tkazish” jadvaliga asosan, Qo‘ng‘irot tumani Xalq qabulxonasi binosidan qatnashayotgan Qo‘ng‘irot tumani aholisi bilan onlayn qabul o‘tkazildi.
Onlayn qabulga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyati qatnashdi.
Onlayn qabul davomida, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, “Qo‘ng‘irot tumaniga doimiy ro‘yxatga qo‘yishda amaliy yordam berish va o‘qishga kiritib berishga vaʼda bergan shaxsga chora ko‘rish”kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda arizalar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti