Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Qorao‘zak va Chimboy tumanlari faollari hamda yoshlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyatini keng yoritib berish yuzasidan 2021 yil 25-26 yanvar kunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Qorao‘zak va Chimboy tumanlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, Jo‘qorg‘i Kenges deputati, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A.S.Daniyarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev hamda tumanlar sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari masʼullari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, tumanlarning faollari va yoshlari ishtirokida davlat rahbarimizning 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasidan kelib chiqib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari, nazarda tutilayotgan islohatlar, ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida, ishtirokchilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼul rahbarlardan javoblar olishdi, shuningdek ko‘rilayotgan masala va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan ushbu tumanlardagi bir qator soha vakillari, faollar va yoshlar o‘zlarining fikrlarini hamda takliflarini bildirib o‘tishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti