Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov va Nukus tumanlarining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Bahs natijalariga ko‘ra, Bo‘zatov tumanning “Everest”, Nukus tumanining "Kerder" jamoalari birinchilikni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu g‘olib jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar-tuman bosqichlari davom etmoqda.