O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Joylarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim boshqarmasi, Xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja dastur doirasida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida Andijon Tibbiyot instituti talabalari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Unda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar aks ettirilgan videoroliklar namoyish qilinib, jinoyatlarning sabablari va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni tub mohiyati ochib berildi. Sodir etilgan jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda bunday salbiy holatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan ijobiy ishlarning natijalari xaqida qisqacha ma'lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv qizg‘in savol-javob va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Bu boradagi tashkiliy-tadbirlar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech