O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hozirda Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Jizzax viloyati aholisi uchun o‘tkazilmoqda

2022 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatidan tashkil topgan Ishchi guruh tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabul Jizzax viloyatning G‘allaorol va Baxmal tumani aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Qabulning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarning arizalari tekshirish uchun qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Ayni damda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Jizzax shahri, Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l, Arnasoy, Zafarabod, Sharof Rashidov va Forish tumanlari aholisi o‘rtasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan sayyor qabullar ertaga Zomin, Zarbdor va Yangiobod tuman aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech