Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo majmuasida vujudga kelgan yong‘in tafsilotlari.
Navoiy. 2020 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 21:45 larda Navoiy shahrida joylashgan 4 qavatli savdo kompleksda yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in savdo kompleksining kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar joylashgan 4-qavatida yuzaga kelgan. Natijada umumiy maydoni 150 m2 bo‘lgan 6 ta kiyim-kechak savdo do‘koni yonib yaroqsiz holga kelgan, 14 ta savdo do‘konlari esa yong‘indan zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo‘q.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida yong‘indan zararlangan kiyim-kechak va narsalar ashyoviy dalil tariqasida kelgusida ekspertiza tayinlash uchun tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti