G‘alaba muborak!
Joriy yilning 26–29 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ichki ishlar organlari va qurolli kuchlar tuzilmalari xodimlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Turnirda MDX davlatlaridan Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari to‘rt guruhga bo‘lingan holda jamoaviy tarzda kurash olib bordi.
Eng quvonarlisi vakillarimiz orasida Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tergovchisi lavozimida xizmat qilayotgan Sharipov Faxriddin Xusniddinovich ham jamoaviy bahslarda OLTIN medal va KUBOKNI qo‘lga kiritishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib, hal qiluvchi final bellashuvida mezbon Rossiya terma jamoasi mag‘lub etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan hamkasbimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti