O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

G‘alaba muborak!

Joriy yilning 31 oktabr kunidan 4 noyabr kuniga kadar Birlashgan Arab Аmirliklarining poytaxti Abu Dabi shahrida "Katta dubulg‘a" turnirinig DZYUDO sport turi bo‘yicha sport ustalari o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada 100 kg vazn toifasida jamoamiz vakili – Toshkent shahar Yunusobod tuman IIO FMB Tergov bo‘limi tergovchisi kapitan Faxriddin Sharipov shohsupaga ko‘tarilgani quvonarlidir. Faxriddin Sharipov keskin va murosasiz o‘tgan musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan hamkasbimizni navbatdagi g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech