Qabul - muloqot tizimi va muammolar yechimi
Joriy yilning 22 dekabr kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Farg‘ona, Andijon va Jizzax viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergovga qadar tekshiruvdan norozi, 1 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozi va 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi, 1 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirish berildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
mayor I. Toirov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti