O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazm viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan navbatdagi oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi.

Joriy yilning 28 fevral kuni Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼulligida “Oʼgʼirlik, yaʼni oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan bogʼliq jinoyatlarni tergov qilish uslubi, bu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilishda hodisa joyini koʼzdan kechirishning oʼziga xos xususiyatlari” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov boʼlinmalari, Xorazm viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbarlari va xodimlari, Jinoyat ishlari boʼyicha Urganch tumani sudining sudьyasi Sh.А.Razzakov, Xorazm viloyati prokuraturasining Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari F.K.Begimov, Xorazm viloyati Аdvokatlar palatasi advokati А.I.Matrizaevlar ishtirok etishdi.

Seminarda maruzachi sifatida Urganch shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi katta tergovchisi kapitan S.B.Otaboev ilmiy asoslangan fikrlari bilan mazvuni qatnashchilarga atroflicha yoritib berdi, shundan soʼng viloyat IIB ekspert kriminalistika boʼlimi boshligʼi S.J.Nurjanov ishtirokchilarga oʼgʼirlik jinoyatlari sodir etilganida hodisa sodir boʼlgan joyda ekspert va tergov-tezkor guruhining boshqa aʼzolarining hamkorlikda ishlash faoliyati haqida toʼxtalib, oʼgʼirlik bilan bogʼliq jinoyat ishlari boʼyicha oʼtkaziladigan ekspertiza tadqiqotlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʼng seminar savol-javob shaklida davom yettirilib, ishtirokchilar oʼgʼirlik bilan bogʼliq jinoyatlarni oz miqdorda talon toroj qilishda ifodalangan maʼmuriy javobgarlikdan farqlashning oʼziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan oʼzaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida oʼquv-seminar mashgʼulotlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech