Firibgarlik jinoyatini tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
Joriy yilning 9 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda «Firibgarlik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazilib, yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti