Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi.
Joriy yilning 13 yanvar kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik B.Z.Sharipov tomonidan Buxoro shahar Xalq qabulxonasida shahar aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 8 tasi joyida qanoatlantirildi, 3 ta murojaat muallifiga tushuntirish berildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik B.Z.Sharipov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti