O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Prezident Administratsiyasi va IIV mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi Andijon viloyatida ish boshladi

Ishchi guruhlar joylarga chiqqan holda 31 yanvardan 21 fevralga qadar barcha hududiy ichki ishlar organlarida tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurashish muhitini yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla rolini kuchaytirish, bunda mutasaddi idora va jamoat birlashmalarining o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida xududlar tajribalarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligining mas'ul xodimlardan iborat ishchi guruhi shakllantirildi.

Ushbu ishchi guruhlar joylarga chiqqan holda 31 yanvardan 21 fevralga qadar barcha hududiy ichki ishlar organlarida tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi. 

31 yanvar' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U. Toshxo‘jaev hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D. Qodirov rahbarligidagi ishchi guruh Andijon viloyatiga tashrif buyurdi va viloyat ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki ishlar vazirligining mas'ul xodimlariga barcha tuman-shahar ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, tizimdagi yangi ob'ektlar bilan tanishish, yosh xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi.

Andijon shahrida “Namunali hudud” tajribasi doirasida muntazam ravishda olib boriladigan tungi xizmatga jalb qilingan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, shahardagi barcha mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul' guruhlari va “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a'zolari hamda boshqa hamkor tashkilot va idoralar vakillari tungi yo‘riqnomaga shayligini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, ichki ishlar vazirining o‘rinbosari hamda viloyat IIB boshlig‘i tashrif buyurib, viloyat hududida xavfsizlikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash xamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Jamoat xavfsizligini ta'minlash va saqlashda ichki ishlar organlarining mahalla, hokimliklar, boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorligining qay ahvoldaligini tekshirish maqsadida Andijon viloyati IIB Patrul'-post va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida ichki ishlar xodimlari va jamoatchilik vakillariga tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech