O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Bog‘ot tumanida davom ettirildi

2021 yil 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islamov boshchiligida Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul Bog‘ot tumanidagi istirohat bog‘ida tuman aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 20 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 14 tasi Ichki ishlar xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik hamda 6 tasi boshqa masalalar.

Ushbu 20 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 2 tasi joyida hal etildi, 13 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 5 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, shu kuni ishchi guruh tomonidan belgilangan jadvalga asosan Urganch tumanida joylashgan 38-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida tuman aholisi o‘rtasida ommaviy sayyor qabul davom ettirildi.

Qabul davomida, vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 42 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatarning 6 tasi Ichki ishlar organiga qayta ishga tiklash, 1 tasi IIV Akademiyasiga o‘qishga qayta tiklash, 1 tasi ishdan bo‘shatilganligidan norozilik, 4 tasi IIOga ishga kirishda amaliy yordam berish, 23 tasi IIO xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik hamda 7 tasi boshqa masalalar.

Ushbu 42 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 12 nafariga huquqiy maslahat yoki maʼlumot berish orqali hal etildi, 25 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 3 nafar murojaatchilarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech