O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchilarning nazariy va amaliy salohiyatini yaxshilash maqsadida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan o‘quv-seminarlar rejasiga asosan, 2021 yil 22 may kuni Tergov departamenti masʼulligida “Taftish tayinlash asoslari va o‘tkazish tartibi va unda eʼtibor berilishi kerak bo‘lgan holatlar” mavzusida tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida Tergov departamenti katta tergovchisi podpolkovnik Zokirov Aziz Azamovich maʼruzachi sifatida seminarni olib bordi.

Seminarda Ichki ishlar vazirligi tergov bo‘linmalari xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etishdi.

Podpolkovnik A.Zokirov mavzuga doir qo‘llaniladigan yangicha usul va uslublar haqida tushunchalar berib, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri malakalash, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va unda eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan holatlarga to‘xtalib, o‘zining maʼruzasini mavzuga oid slayd va boshqa qo‘llanmalardan foydalangan holda to‘liq ochib berdi hamda o‘quv mashg‘uloti davomida yig‘ilish qatnashchilari bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida o‘zaro fikr almashilib, yig‘ilish o‘zaro savol-javoblar bilan o‘z nihoyasiga yetdi. 

Muallif: Tergov departamenti

katta inspektor S.R.Sobirjanov

Text to speech