O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Qo‘shko‘pir va Yangibozor tumanlarida davom ettirildi

2021 yil 20 may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islamov boshchiligida Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul dastlab Qo‘shko‘pir tumani hokimligida tuman aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi Ichki ishlar idoralariga qayta ishga tiklash masalasi va 2 tasi Ichki ishlar idoralariga, 1 tasi Milliy gvardiyaga ishga kirishda amaliy yordam berish masalasi, 2 tasi xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 1 tasi fuqarolik hamda 2 tasi xorijga chiqish pasportini olish, 3 tasi boshqa masalalar.

Ushbu 15 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 3 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi ommaviy qabul tugaganidan so‘ng, Ya.A.Abdulxakov Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMBga tashrif buyurib, u yerda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, so‘rovxona hamda tergov bo‘limi xodimlarining ish faoliyati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida esa ishchi guruh tomonidan belgilangan jadvalga asosan Yangibozor tumani markazida joylashgan istirohat bog‘ida tuman aholisi o‘rtasida ommaviy sayyor qabul davom ettirildi.

Qabul davomida, Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 14 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi Ichki ishlar idorasiga qayta ishga tiklash masalasi, 8 tasi xodimlarning xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 1 tasi fuqarolikni olish 4 tasi boshqa masalalar.

Ushbu 14 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 5 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Yangibozor tumanidagi ommaviy qabul tugaganidan so‘ng, Ya.A.Abdulxakov Yangibozor tumani bo‘yicha IIBga tashrif buyurib, u yerda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, so‘rovxona hamda tergov bo‘limi xodimlarining ish faoliyati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilangan ommaviy qabullar jadvaliga muvofiq, sayyor qabul davom etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti  

Text to speech