O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Sirdaryo viloyati aholisi uchun o‘tkazildi

2022 yil 31 mart va 1 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatidan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabul Sirdaryo viloyatning barcha shahar-tuman aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Ikki kun davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 71 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 21 tasi surishtiruv va tergov masalalariga oid, 12 tasi kadrlar masalasi, 6 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi masalasi, 11 tasi jazoni ijro etish masalasi, 9 tasi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi hamda 12 tasi sektor masalasiga oid ijtimoiy-huquqiy masalalarni tashkil etadi.

Ushbu fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 50 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 16 nafar fuqarolarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech