O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Tuproqqalʼa tumanida davom ettirildi

2021 yil 19 may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islamov boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumani “Bolalar va o‘smirlar sport majmuasi”da Tuproqqalʼa va Xazorasp tuman aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Qabul davomida, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 17 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi IIO xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 1 tasi fuqarolikni olish, 2 tasi fuqarolik pasportini olish masalasi hamda 8 tasi boshqa masalalar.

Mazkur murojaatlar yuzasidan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 6 nafar murojaatchilarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.  

Tuproqqalʼa tumanidagi ommaviy sayyor qabul tugaganidan so‘ng, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Tuproqqalʼa tuman IIBga tashrif buyurib, so‘rovxona va maxsus tergov xonalari, tergov bo‘limi xodimlarning ish faoliyati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Xazorasp tumani IIB 10-son ichki ishlar bo‘linmasi va Xazorasp tuman IIBga tashrif buyurib, u yerda xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tergov bo‘limi xodimlarning ish faoliyati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilangan ommaviy qabullar jadvaliga muvofiq , sayyor qabul davom etmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech