O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Amudaryo va Beruniy tumanlarida davom ettirildi

2021 yil 04 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islamov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabuli dastlab Amudaryo tumani hokimligi binosida tuman aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov boshchiligidagi Ichki ishlar vazirligi tomonidan jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 8 tasi Ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash, 5 tasi IIO xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 1 tasi fuqarolikni olish va 1 tasi Ichki ishlar organlari vakolatiga tegishli bo‘lmagan masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu 15 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi va 4 nafar murojaatchilarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, shu kuni ishchi guruh tomonidan belgilangan jadvalga asosan Beruniy tumani Yoshlar markazi binosida Beruniy, Ellikqalʼa va To‘rtko‘l tumanlari aholisi o‘rtasida ommaviy sayyor qabul davom ettirildi. Qabul davomida, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov boshchiligidagi Ichki ishlar vazirligi tomonidan jami 16 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Ushbu 16 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 10 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi va 4 nafar murojaatchilarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.    

Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilangan ommaviy qabullar jadvalga muvofiq, sayyor qabul davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech