O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullarning sarhisobi

Xabaringiz bor, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash, Respublika va viloyatning markazdan uzoq bo‘lgan olis hududlardagi aholini ham qamrab olish, bu orqali xalq dardini xalqning ichiga kirgan holda o‘rganish, ularni uzoq va qisqa muddatlardan beri qiynab kelayotgan muammolarini qonuniy hal etish maqsadida Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 21-24 aprel kunlari Farg‘ona viloyati, 10-13 may kunlari Andijon viloyatida 14-16 may kunlari esa Namangan viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur sayyor qabullar davomida jami 125 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, barcha murojaatlarga individual yondashilib, Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari masʼul xodimlarini jalb qilgan holda atroflicha o‘rganib chiqildi.

Xususan, Farg‘ona viloyati hududida o‘tkazilgan jismoniy va yuridik shaxslarni vakillarini sayyor qabuli davomida tergov masalalari bo‘yicha jami 71 nafar fuqarolar qabul qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov tomonidan qabul qilingan ushbu fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqilishi natijasida, ularning 23 tasi ijobiy hal qilingan, 38 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 4 ta murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha hozirda bir qator chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Huddi shunday, Andijon viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida jami 29 nafar fuqarolar qabul qilingan.

Qabul qilingan fuqarolarning 18 ta murojaatlari ijobiy hal qilingan, 7 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 4 ta murojaatchilar o‘zlarining o‘rganish natijasida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha o‘z minnatdorchiliklarini bildirishgan.

Shuningdek, Namangan viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida jami 25 nafar fuqarolar qabul qilingan edi.

Fuqarolardan qabul qiingan murojaatlardan 16 tasi ijobiy hal qilingan, 8 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 1 ta murojaati o‘zining minnatdorchiligini bildirgan.

Shuni taʼkidlash joizki bugungi kunda xalq ichiga kirib, ularning dardu tashvishlarini eshitish va har bir murojaatni o‘z tashvishidek his etgan holda unga xolis yondashish har bir davlat idoralarning asosiy vazifalardir.

Yuqoridagi sayyor qabullar davomida aholini qiynab kelayotgan masalalarning hech birini eʼtibordan chetda qolmayotganligini, ichki ishlar organlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va har qanday qonunbuzilishi holatlariga qarshi murosasiz kurashishni davom etayotganligi, shu jumladan fuqarolar tomonida o‘z haq huquqlarini talab etishlari, huquqiy ongi yuksalib borayotganligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech