Respublika ishchi guruhining sayyor qabulida bir qator muammolar yechim topmoqda
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari rahbarligida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda ichki ishlar organlari xizmati bilan bog‘liq yigirma bitta murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar turlarga bo‘linganda mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, surishtiruv hamda tergov harakatlari, qidiruvdagi shaxslarga oid, jazoni o‘tashdan ozod bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish xususida bo‘ldi.
Murojaatlarning uchtasi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlardan bittasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, mablag‘ va vaqt talab etadigan o‘n yettita murojaat nazoratga olindi.
Sayyor qabulda kosonlik fuqarolar uchun ish qurollari, tikuv mashinasi, nogironlik aravachasi va boshqa jihozlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati