O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sayyor qabulda muammolar yechim topmoqda

Qamashi tumanida  Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov ishtirokida Sayyor qabul tashkil etildi.

Tumanning “Chuqurqishloq” MFYda bo‘lib o‘tgan Sayyor qabulda 50 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, aholining yo‘l, yo‘lakcha va sport maydoni qurib berish yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

QASHQADARYO VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

Text to speech