O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sakkiz oylik ish natijalari sarhisob qilindi

Kuni kecha, Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2022 yilning sakkiz oyi hamda sentyabr oyining o‘n kuni mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda xizmat intizomi bilan bog‘liq holatlarga alohida to‘xtalib, muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O. Jalolov tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni asosan qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Муаллиф: Бўлим бошлиғи

майор О.Х. Валихонов

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech