Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
2024 yil 03 fevral kuni Samarqand viloyati IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi hamda surishtiruvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ““Terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti videokonferensiya orqali o‘tkazilib, unda shahar-tumanlardan ishtirok etayotgan xodimlarga Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i O.Axmatov, Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi S.Sobirov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertlik guruhi Samarqand viloyat filiali mutaxassislari o‘z maʼruzalari bilan o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarini tanishtirib, amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar va ularni oldini olish to‘g‘risida fikr almashishdi.
O‘quv mashg‘uloti savol-javob shaklida davom ettirilib, qizg‘in muhokamalar bilan o‘tkazildi.