Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining joriy yilning 3 oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning 3 oylik ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Raxmatullayev ochib, joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar va tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida, har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish faoliyati tahlil qilinib, natijalariga ko‘ra, namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilar rag‘batlantirildi.
Jumladan, 5 nafar xodimlar Samarqand viloyat IIB boshlig‘i polkovnik R.T.Mamatovning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 5 nafar xodimlarning ota-onalariga Samarqand viloyat IIB boshlig‘i polkovnik R.T.Mamatovning tashakkurnomalari topshirildi. 15 nafar xodimlar Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan viloyat IIB depozit hisobidagi pul mablag‘lari hisobidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Yig‘ilish davomida viloyat IIB EKB xodimlarining 4 nafari, shuningdek 4 nafar xodimlarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida xizmatda foydalaniladigan zaruriy idora ashyolari bilan taʼminlandi.
Yig‘ilish davomida Tergov boshqarmasi katta tergovchisi podpolkovnik O‘.Norshodiyevni nafaqaga kuzatish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti