Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, qonunchilikni mustahkamlash hamda ijrochilik intizomi bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muzaffar Rahmatullayev tomonidan joylarga chiqib boshqarmaning quyi tuzilmalari xodimlari ishtirokida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, qonunchilikni mustahkamlash, ijrochilik intizomi bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Murojaatlarni tinglash va muammolarni bartaraf etish borasida xodimlar oldida turgan burch va majburiyatlarga to‘xtalib, ularning o‘z vaqtida va vijdonan bajarishga eʼtibor qaratdi.
Shahar-tumanlardagi mazkur jarayonlar bilan bog‘liq har bir holat, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi.
Unda xodimlarning o‘z ishiga munosabati, xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek soha xodimlarining ish yurituvidagi hujjatlari tekshirib chiqildi.