Samarqand viloyati IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarni bilim va malakalarini yana-da oshirish, tergov hamda surishtiruv sifatini takomillashtirish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda Tergov boshqarmasi xodimlari va quyi tizimda xizmat qilib kelayotgan barcha tergovchi hamda surishtiruvchilar ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotida Tergov boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari” hamda “Ekstraditsiya va xalqaro so‘rovlar, ularni bajarish va jo‘natish tartibi” mavzulari bilan o‘quv seminari ishtirokchilarini tanishtirib, amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar va ularni oldini olish to‘g‘risida fikr almashishib, mavzu doirasida muammoli holatlar muhokama qilindi.
O‘quv mashg‘uloti savol-javob shaklida davom ettirilib, qizg‘in muhokamalar bilan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti