Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashrapov tomonidan joriy yilning 10 fevral kuni Pastdarg‘om tumani yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda qatnashgan yoshlarga bugungi kunda yoshlar masalasiga hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotganligi, barcha sohalarda ularni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilib, amaliy ko‘mak ko‘rsatilayotganligi taʼkidlanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar eshitildi.
Uchrashuvda 120 nafar yoshlar ishtirok etib, shundan 41 nafar yoshlarning turli masalalardagi murojaatlari qabul qilindi. 1 nafar MFY raisining taklifi eshitildi.
10 nafar yoshlarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, qolgan 32-ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar masʼullari zimmasiga yuklatildi.
Uchrashuv so‘ngida 10-nafar yoshlarga yangi namunadagi ID kartalar tantanali topshirildi.
Yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti