Samarqand viloyati viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 5 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi
Kuni kecha Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 5 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yana-da oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida har bir shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi va bo‘linmalari xodimlari uchun kompyuter jamlanmalari, printerlar va boshqa zaruriy texnika vositalari topshirildi.