O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda zakovatli yoshlar saralandi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan bir million nafar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida tergov boshqarmalari va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joylarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Xuddi shunday intellektual o‘yinlar Samarqand viloyatning barcha shahar-tumanlarida otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.

O‘yinlarda umumtaʼlim maktablari o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalar g‘oliblik uchun bellashishdi.

G‘oliblar Tergov boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, bellashuvning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Text to speech