Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tergovchilar, sudya va sud tibbiy ekspertlar ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 10 fevral kuni Samarqand viloyati IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘lim-bo‘linmalari xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida “Qasddan badanga (og‘ir, o‘rtacha og‘ir, yengil) shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali sud-tibbiy eksperti, tibbiyot-falsafa fanlari nomzodi dotsent F.Boymonov o‘z maʼruzalari bilan o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarini tanishtirib, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar va ularni oldini olish to‘g‘risida fikr almashishdi.
O‘quv mashg‘uloti savol-javob shaklida davom ettirilib, qizg‘in muhokamalar bilan o‘tkazildi.