O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sayyor qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 24 avgust kuni Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan Chirchiq shahri va Qibray, Bo‘stonliq hamda Toshkent tumanlari aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 8 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi va 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat berildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech