Navoiy viloyati Zarafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 29 avgust kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Zarafshon shahri aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 11 nafar fuqarolardan tergov faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ishga joylashish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 6 ta murojaat bo‘yicha mualliflarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi hamda 1 ta murojaat bo‘yicha ariza qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Hozirgi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti